Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral, chorshanba kuni Suriya rahbari Bashar Asad bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Prezidentlar Suriyada 2016-yilning 27-fevralidan jangovar harakatlarni to‘xatish to‘g‘risidagi Rossiya va AQSh bayonotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bashar Asad bayonotdan o‘rin olgan takliflarni bo‘hronni bartaraf etishda muhim qadam sifatida baholadi. Suriya hukumatining mamlakatda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga tayyorligini bildirdi”, — deya ma’lum qilinadi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Putinning 24-fevral, chorshanba kuni asosan Suriya mavzusi bilan bog‘liq telefon orqali bir necha xalqaro muloqotlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu kuni Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilish ham bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi