Kanadaning Pikering shahrida (Ontario provinsiyasi) yuqori sinf o‘quvchisi sinfdoshlari va o‘qituvchilariga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda CBC telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida sakkiz kishi – olti nafar o‘quvchi va ikki o‘qituvchi yaralangan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda, biroq uning hayoti xavf ostida emas. Bosqinchi politsiya tomonidan hibsga olingan.
Hujum sabablari aniqlashtirilmoqda, politsiya guvohlarni so‘roq qilmoqda.
Maktab yopib qo‘yilgan.
Izoh (0)