KXDR tomonidan uchirilgan sun’iy yo‘ldosh Yerni masofadan turib zondlashtirishni amalga oshirmoqda. Bu haqda Kosmik vaziyat razvedkasi bosh markazi rahbari polkovnik Andrey Kalyuta ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Avvalroq Amerika rasmiylari sun’iy yo‘ldosh ishga tushmaganligi va orbitada “bir parcha metal” kabi aylanayotganligini ma’lum qilgan edi.
“Kosmik qurilma chiqarilgan orbitaga oid ma’lumotlarni muvofiqlashtirish orqali qo‘lga kiritilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib ushbu kosmik qurilma yerni masofadan turib zondlashtiruvchi, ya’ni razvedka funksiyasini amalga oshira oladigan qurilma ekanligi haqida xulosa qilish mumkin”, — dedi Kalyuta.
Izoh (0)