Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov jazolash haqidagi tahdidlar bitilgan maktub oldi, deya xabar bermoqda “TASS” Bolgariya milliy radiosiga tayanib.

Boyko Borisov. Foto: AP

Boyko Borisov. Foto: AP

“Hukumatga anonim konvert keldi, unda bosh vazirning surati, o‘q va tahdidli xat bor edi, maktub gazetadan kesib olingan harflar orqali yozilgan. Maxsus xizmatlar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.

Tahdidli maktub olinganini hukumat rahbarining o‘zi ham tasdiqladi. “Xatni oldim, lekin juda qo‘rqib ketmadim. Kontrabandachilardan qariyb 3 milliard lev (1,5 milliard yevro)ni olib qo‘ygandan keyin va boshqa ommabop bo‘lmagan xatti-harakatlardan so‘ng doim javob harakatlarini kutish mumkin”, — dedi Borisov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi