Xitoy poytaxti ma’muriyati shahar uzra to‘planadigan ifloslangan havoni tarqatish maqsadida ko‘chalarda ventilyatorlar tarmog‘ini yaratmoqchi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayangan holda “RBK” nashri yozmoqda.
Pekin shahar rejalashtirish qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Van Feyning va’da qilishicha, tarmoq shahar markazidagi bog‘lar va yashil zonalarni qamrab oladi. Bu yerda beshta 500 metr kenglikdagi, bir qancha 80 metr kenglikdagi shamol o‘tkazuvchi yo‘laklar yaratiladi. Bu ifloslangan havoni haydashda yordam beradi.
Izoh (0)