Suriya prezidenti Bashar Asad, agarda terrorchilar bundan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanmasa, sulh tuzishga rozi bo‘ladi. Bu haqda u Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Albatta, biz sulh tuzishga tayyormiz, lekin gap faqat tayyorlikni e’lon qilishda emas. Tinchlik paytida terrorchilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olmasliklari muhim. Ayrim davlatlarga, ayniqsa Turkiyaga terrorchilarga odam, qurol yuborish va texnik yordam ko‘rsatishni taqiqlash kerak”, – dedi u.
Shuningdek, Asad keyingi 10 yil davomida hokimiyat tepasida turish rejasi yo‘qligini tan oldi.
“Agar Suriya xalqi prezident bo‘lib qolishimni istasa, men bu mansabni egallab turishda davom etaman. Agar mamlakatimga yordam bera olmasam, darhol ketishim kerak bo‘ladi”, — deb ta’kidladi siyosatchi.
Izoh (0)