Ganada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 71 kishiga yetdi. Yana 13 kishi jiddiy jabrlangan. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
YTH chorshanbadan payshanbaga, 18-fevralga o‘tar kechasi Gana poytaxti Akkradan 420 kilometr shimolda sodir bo‘lgan edi. Kumasi shahridan Tamalega yo‘l olgan avtobus tomatlar olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa sabablari haqida ma’lumot taqdim etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu YTH oqibatida 53 kishi halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)