Kosmosni o‘rganish Yer atrofidagi bo‘shliqni o‘rganish bo‘yicha besh yillik rejaning strategik vazifasidir. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In “Kvanmyonson-4” sun’iy yo‘ldoshli raketa tashuvchisini uchirishga tayyorlashda qatnashgan olimlar va texnologlarni taqdirlash marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
STAK axborot agentligining ma’lum qilishicha, alohida ajralib turganlarga “Bolg‘a va o‘roq” oltin medali bilan birga KXDR Qahramoni unvoni, shuningdek, birinchi darajali Davlat bayrog‘i ordenlari topshirilgan.
Davlat rahbari ularni orbitaga ko‘proq sun’iy yo‘ldosh chiqarishga chaqirdi.
“Koreyalik kosmosni zabt etuvchilarning faoliyati Koreya mehnat partiyasining yettinchi syezdi oldidan respublika armiyasi va xalqi uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Kim Chen In.
Izoh (0)