“Barselona” jamoasi muvaffaqiyatlarining asosiy omillaridan biri bosh murabbiy Luis Enrike tomonidan hujumchilar Lionel Messi, Neymar va Luis Suaresga maydonda to‘liq erkinlik taqdim etilgani bo‘ldi. Bu haqda El Confidencial nashriga tayangan holda “Chempionat” yozmoqda.
Aytilishicha, Luis Enrike o‘z hujumchilari o‘yin paytida qanday istasa, shunday harakat qilishlariga imkoniyat bergan. Ular nafaqat o‘yin davomidagi harakatlarini, balki jarima to‘plari va penaltilarni kim ijro etishini belgilashda ham erkin. Aynan shu jamoaning hujumdagi muvaffaqiyatlariga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Luis Enrike Neymar hamda Suares Messi darajasidagi birinchi raqamli yulduz maqomiga ega bo‘lishi lozim, degan qarorga kelib, ularning rolini oshirishga uringan.
Luis Enrike “Barselona”ga murabbiylik qila boshlaganidan beri jamoa Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi, Yevropa Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alabaga erishdi.
Izoh (0)