AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Gavayi shtatidagi Oaxu orolida joylashgan Pyorl-Xarbor bazasiga yaqin yerda fuqarolik vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda sohil qo‘riqlash xizmati vakillarining guvohligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma’lum sabablarga ko‘ra Tinch okeaniga qulagan vertolyot bortida besh kishi bo‘lgan.
Vertolyot yo‘lovchilarining barchasi qutqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Izoh (0)