“Barselona” klubining sobiq futbolchisi Yoxan Kroyff Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinda Messi va Suares tomonidan ijro etilgan penalti borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
“Qanday hurmatsizlik? Men to‘p surgan paytlarimda hech kim bunday fikrga bormagan. Penaltini bunday ijro etish raqibga nisbatan hurmatsizlik ekani haqidagi gap-so‘zlar ahamiyatga ega emas”, ― dedi Kroyff.
Sobiq futbolchi “Bu futbol, bu ko‘ngilxushlik, barcha maydonga xursandchilik qilish uchun keladi. Messi ham aynan shuni amalga oshirmoqda, u muxlislarni quvontiradi. Shaxsan men bu penaltidan zavq oldim”, ― deya ta’kidladi.
Izoh (0)