Ma’lumki, dunyoning barcha hududlarida homilador ayollar tug‘uruqxonaga ketishdan ancha oldin zaruriy narsalarni to‘plashni boshlaydi. Shu munosabat bilan WaterAid nohukumat tashkiloti o‘ziga xos tajriba o‘tkazib, uning doirasida yettita davlatda istiqomat qiluvchi ayoldan tug‘uruqxonaga nimalar olib borilishini o‘rgandi.
AdMe sayti bo‘lajak onalar qanday buyumlarni zaxira qilishini suratlarda aks ettirdi.Xeyzel Shandumba, Xamakando qishlog‘i, Monze, Zambiya
Bolalar kiyimi, tagliklar, plastmassa tog‘ora, sovun, sarong (milliy libos), to‘shak uchun polietilen.Diana Neyers, Nyu-York, AQSh
Musiqa pleyeri, kokos ekstraktli massaj moyi, lavanda yog‘i, arnika ekstraktli gel, snek, bola emizishga moslashtirilgan peshband, yostiqcha, ona uchun qulay libos, bolalar kiyimi va ko‘rpasi, pardoz-andoz buyumlari, uyqu niqobi, kitob.Ellen Firi, Simulemba, Malavi
Fonar, to‘shak uchun polietilen, kindik kesish uchun piska va bog‘lash uchun arqon, ovqat uchun 200 kvach pul, ona va bola uchun 3 ta sarong.Keti Shou, Melburn, Avstraliya
Pardoz-andoz buyumlari, snek, tagliklar, bolalar kiyimi, ona uchun qulay libos, massaj yog‘i, isitish moslamasi.Klodin Razafindrabari, Vakinankaratra, Madagaskar
Bolalar kiyimi, momiq paxta, gigiyena ashyolari, tibbiyot spirti, tagliklar, termos, chelak va tovoq.Joanna Lori, London, Buyuk Britaniya
Tagliklar, bolalar kiyimi, snek, ona uchun libos va sochiq, pardoz-andoz buyumlari, miostimulyator, gigiyena ashyolari, iPad, taroq, suv.Agnes Noti, Iramba, Tanzaniya
Bolalar kiyimi va ko‘rpachasi, sarong, termos, choy, sovun, cho‘mich.
Izoh (0)