Venesuela prezidenti Nikolas Maduro chorshanba, 17-fevral kuni milliy valyuta devalvatsiyasi va neft narxlari haqida hukumat yig‘ilishida gapirayotgan chog‘da kutilmaganda mavzuni boshqa tomonga burib yuborib, “Barselona” hujumchisi Lionel Messini Ispaniya chempionatidagi 300-goli bilan tabrikladi. Bu haqda “Sports.ru” sayti xabar bermoqda.
53 yoshli prezident valyuta va neft haqida gapirish asnosida to‘satdan “Yashasin Messi! Yashasin Kataloniya!”, deb hayqirib yubordi.
Shundan so‘ng Maduro hukumat a’zolari ichida kim “Real”ga, kim “Barselona”ga muxlislik qilishiga qiziqib ko‘rdi.
O‘tgan yili ham Maduro parlamentdagi chiqishi chog‘ida: “Yashasin “Barselona”, yashasin Messi, yashasin Suares va uning o‘tkir tishlari!” deb xitob qilgandi.
Messi Xixonning “Sporting” jamoasiga qarshi kechgan bahsda Ispaniya chempionatidagi 300-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)