Shvetsiya poytaxti Stokgolm yaqinidagi turk madaniy markazi binosida 17-fevral, chorshanba kuni kechki payt yuz bergan portlash oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. Bu haqda markaz direktori Mexmet Kayxan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Foto: Dagens Nyheter

Foto: Dagens Nyheter

Kayxanning aytishicha, barcha xodimlar 19:00 da uyiga tarqalgan, portlash esa 21:35 da sodir bo‘lgan. Politsiya yarim tunda hodisa joyini ko‘zdan kechirgan va boshqa portlovchi qurilmalarni topmagan. 18-fevral, payshanba kuni tongga yaqin madaniy markaz atrofidagi hududdan qurshov olingan.
Dagens Nyheter nashrining eslatishicha, 13-fevral, shanba kuni markaz atrofida mushtlashuv ro‘y bergan va unda kurdlar namoyishida ishtirok etgan erkak jarohatlangan. Bu voqealar o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.