18-fevral, payshanba kuni Moskva vaqti bo‘yicha 8:20 da aprel fyucherslari uchun neftning Brent markasi narxi barreliga 35,08 dollargacha qimmatlashdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Shu paytda Nyu-York savdo birjasidagi savdolarda mart fyucherslari uchun WTI markadagi neftning barreli 31,32 dollarni tashkil etdi.
Nashrning ta’kidlashicha, neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uni qazib olishni muzlatib qo‘yish haqida kelishib olishi mumkinligi haqidagi xabarlar asosida uning narxi qimmatlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OPEK tashkilotining barcha a’zolari va Rossiya neft qazib olish hajmini saqlab qolish tashabbusini yoqlab chiqsa, BAA ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)