Janubiy Koreya parlamentining deputati Li Chul Vu bergan bayonotga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In harbiylar va maxsus xizmat xodimlariga Janubiy Koreya hududida terrorchilik aktlarini o‘tkazish ishlariga tayyorlanish sur’atlarini oshirish haqida ko‘rsatma bergan. Bu haqda Yonhap agentligiga tayangan holda Meduza xabar bermoqda.
Deputatning ta’kidlashicha, bu faktlar Janubiy Koreya razvedkasi tomonidan aniqlangan. Diversiyalar doirasida begunoh insonlarning o‘g‘irlab ketilishi va zaharli moddalar yordamida hujum uyushtirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, KXDR rahbariyati janubiy qo‘shnilarining xavfsizlik tizimlariga kiberhujumlar uyushtirishi mumkinligi aytildi.
Izoh (0)