Uch hafta avval yo‘lbars Amur bilan janjallashuv davomida jabrlangan echki Timur yangi volyerga o‘tkazildi. U yerda hayvonlar bir-birini ko‘rishi mumkin. Bu haqda Primorye safari bog‘i direktori Dmitriy Mezensov qo‘riqxona saytida ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, ularning birinchi uchrashuvi iliq kechgan.
“Timur o‘zini yaxshi his qilishi uchun uni yo‘lbarsga yaqinroqqa ko‘chirdik. Amurning tungi volyeri yaqinida do‘stlar uchrashdi”, — deyiladi xabarda. Endi do‘stlar kunning istalgan vaqtida panjara orqali bir-birini ko‘rishi mumkin.
Bog‘ning veterinar shifokori Aleksey Anosovning so‘zlariga qaraganda, Timur o‘zini yaxshi his qilmoqda va sog‘aymoqda. U infraqizil chiroqli issiq boshpanada tunaydi.
Izoh (0)