Xitoylik iste’molchilar oy kalendari bo‘yicha kirib keladigan Yangi yil bayramini bir hafta davomida nishonlab, rekord darajada — 312 milliard yuan (48 milliard dollar) sarfladi. Bu haqda China UnionPay Co. to‘lov tizimi keltirgan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Bloomberg agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yildagi sarf-xarajat ko‘rsatkichlari o‘tgan 2015-yilga nisbatan 31 foizga oshgan.
Sayohatlarga qilingan xarajatlar 42 foizga, kinoteatr chiptalarining sotilishi esa 67,7 foizga ko‘tarilib, rekord darajada 3,1 milliard yuanni tashkil qilmoqda.
Izoh (0)