AQSh Janubiy Koreyaga to‘rtta F-22 Raptor “ko‘rinmas” qiruvchilarini yuborishi haqidagi axborotga izoh berarkan, Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xun Ley Pekinning Vashingtonni yarim oroldagi vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirib qolishini ta’kidladi. Bu haqda u “TASS” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.
“Koreya yarim orolidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda, – tan oldi Xun Ley. – Tomonlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni inobatga olgan holda mavjud ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun ko‘proq harakat qilishlari lozim”.
16-fevral kuni “Ryonxap” agentligi AQSh Janubiy Koreyaga F-22 Raptor rusumli to‘rtta qiruvchi yuborishini xabar qildi. Samolyotlar yarim orolga chorshanba kuni, 17-fevralda yetib kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)