Turkiya koalitsiyadagi hamkorlari, jumladan, AQShdan Suriyada besh yildan buyon davom etayotgan fuqarolik urushiga yakun yasash uchun yerdagi qo‘shma operatsiyalarda ishtirok etishni so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Nomi oshkor etilmagan turk mansabdorining so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda yerdagi operatsiyalarsiz Suriyadagi mojaroga chek qo‘yishning iloji yo‘q, biroq Anqara bu kabi harakatlarni bir o‘zi amalga oshirmaydi.
“Turkiya bir tomonlama tartibda yerdagi operatsiyani boshlamaydi. Biz koalitsiya bo‘yicha hamkorlarimizdan yerdagi operatsiyani tashkil etishni so‘ramoqdamiz. Ittifoqchilarimiz bilan buni muhokama qilayapmiz”, — dedi mansabdor Istanbuldagi brifingda.
Tarkibiga 50 dan ortiq davlat, jumladan Turkiya kiruvchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya 2014-yilning sentabridan buyon Suriyada havo operatsiyasini o‘tkazmoqda.