Ispaniya sudi “Atletiko”ning 18 yoshli muxlisi Alvaro S.ni 2014/15-yilgi mavsumda “Deportivo”ning muxlisi Fransisko Xavyera Romero Taboadining o‘limi uchun hukm qilishga qaror qildi. Bu haqda “Chempionat” xabar beradi.
Alvaro jazoni voyaga yetmagan huquqbuzarlar qo‘riqlov ostida saqlanuvchi markazda o‘taydi. Sud muxlisning Taboadining o‘limidagi rolini ko‘rib chiqib, uni aybdor deb topish zarur, degan xulosaga keldi.
Avvalroq Ispaniya chempionatining 2014/2015-yilgi mavsumda 13-tur bahsidan oldin “Atletiko” va “Deportivo” muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga kelganligi haqida xabar qilingan edi. Natijada Taboada daryoga uloqtirilgan va keyinchalik shifoxonada hushiga kelmay halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)