Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida 15-fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Grammy mukofotining 58-taqdirlash marosimida “Eng yaxshi ma’ruza albomi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karterga nasib qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
91 yoshli Karterning 2015-yilda chop etilgan “To‘laqonli hayot: 90 yoshdagi o‘ylar” (A Full Life: Reflections at Ninety) nomli avtobiografik kitobi audio albom sifatida chiqarilgan.
Tanqidchilar audio kitob hazil-mutoyiba shaklida va juda ochiqchasiga yozilganligini ta’kidlamoqda.
Karter AQShning 39-prezidenti bo‘lib, u 1977-yildan 1981-yilgacha Oq uyga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)