Yanvar oyida jangarilar hujum qilgan Pokistondagi universitet bir oyga yaqin vaqt o‘tib, yana ishga tushdi. Bu haqda Express Tribune nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Kameralar va tashqi kuzatuv tizimi yangilandi, qo‘riqchilar uchun minoralar qurildi, universitet xavfsizligini mahalliy politsiya ta’minlaydi”, — dedi universitet matbuot kotibi.
Uning so‘zlariga qaraganda, universitet qo‘riqlash xodimlarini ko‘proq ishga olish, shuningdek, ishlayotganlarining malakasini oshirish uchun trening o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni jangarilar guruhi Charsadda shahridagi universitetga hujum qilgan edi. Hujum oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)