Isroilning Tel-Aviv va Quddus shaharlari orasidagi trassada yo‘lovchi avtobus va yuk tashuvchi avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Isroil davlat radiosi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi avtobus yo‘lning chetida turgan yuk tashuvchi avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. Tez-tibbiy yordam xodimlari va qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.
Izoh (0)