Filippin hukumati mamlakatning sobiq diktatori Ferdinand Markosga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni sotish maqsadida kim oshdi savdosi o‘tkazilishini ma’qulladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, xalqaro ekspertlar mazkur ashyolarning umumiy qiymatini 21 mln dollarga baholagan.
Kim oshdi savdosi shu yilning iyuniga qadar, amaldagi prezident Benigno Akino III ning vakolat muddati tugagunicha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ferdinand Markos 1965-yildan Filippinni boshqarib kelgan. 1986-yili u oilasi bilan Gavayi orollariga qochib ketgan.
Izoh (0)