Dog‘istondagi politsiya postida yuz bergan portlash qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Halok bo‘lganlar ikki nafar politsiyachi va ikki nafar fuqaro ekanligi ma’lum qilinmoqda. Bundan tashqari yana besh kishi yarador bo‘lib, shifoxonaga yuborilgan.
Huquq-tartibot organlari vakilining ta’kidlashicha, terakt “janubiy qo‘poruvchi terrorchi guruh” jangarilari tomonidan uyushtirilgan. Avtomobilda terrorchi-xudkush bo‘lib, u o‘zini portlatib yuborgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, Dog‘istonning Derbent tumanidagi politsiya postida “Lada Priora” rusumli mashina portlatib yuborilganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)