Britaniyaning Liverpul shahrida avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Angliya Shimoli-g‘arbiy tez-tibbiy yordam xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, katta yoshli ayolning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina mashg‘ulotlardan keyin Belvedere Academy maktabidan chiqib ketayotgan bir guruh o‘quvchi qizlarni urib ketgan.Zarar ko‘rganlar, shu jumladan, haydovchi ayol shifoxonaga yuborilgan. Qizlarning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Hodisa shaharning Belvayder-roud ko‘chasida sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan hudud politsiyachilar tomonidan qurshab olingan.