Bolgariya BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Irina Bokovaning nomzodini BMT Bosh kotibi lavozimiga taklif qildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu mazmundagi xat BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasiga yuborildi.
2017-yil 1-yanvarda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun egallab turgan lavozimidan bo‘shaydi. 2015-yil dekabr oyida BMT a’zo bo‘lgan davlatlarga Pan Gi Munning o‘rniga yangi nomzod taklif qilishni so‘ragan.