Londonda noma’lum shaxs shahzoda Uilyam va uning rafiqasi gersoginya Ketringa tegishli bo‘lgan Kensington saroyiga kiraverishda o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Daily Mirror xabar beradi.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idora vakillari unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatganligiga qaramasdan, erkak olingan jarohatlar tufayli vafot etdi.
Politsiya o‘ziga o‘t qo‘ygan odamning shaxsini aniqlash maqsadida uning ismini sir saqlamoqda.
Kembrijlik gersog va gersoginya hodisa sodir bo‘lgan vaqtda uyda bo‘lmagan.