AQShning Konnektikut shtatidagi Saffild shahar politsiyasi Chakls VIII laqabli sug‘urni yolg‘on bashorati uchun “hibsga oldi”. Bu haqda NBC Connecticut xabar qilmoqda.
Sug‘ur bahor faslining erta kelishini bashorat qilgandan keyin bir necha kun o‘tgach, Konnektikut shtatini qorli bo‘ron bosib qoldi.Ijtimoiy tarmoqlarning birida politsiya tomonidan joylashtirilgan hajviy postda, sug‘ur olti haftagacha bo‘lgan muddatga hibsga olinishi mumkinligi ta’kidlandi. Sug‘ur 6-fevral kuni “qo‘lga olingan”.
Sug‘ur 2-fevral kuni nishonlangan Sug‘ur kuni bayramida yolg‘on gapirganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, Saffild shahar politsiyasi Lutz Children’s Museum nomli muzey foydasiga mablag‘ to‘plash tashabbusi bilan chiqdi. Bundan maqsad, “hibsga olingan” sug‘urni 10 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka qo‘yib yuborish ekanligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Pensilvaniya shtati, Panksatoni shahridagi Fil laqabli sug‘ur ham bu yil bahor faslining erta kelishini bashorat qilgan edi.