Italiyaning Piza shahrida joylashgan teatrdagi sahna ko‘rinishida rol ijro etish jarayonida o‘zini osib qo‘ygan aktyor Rafael Shumaxer vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
2016-yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan olti soatlik ko‘zdan kechirishdan so‘ng, shifokorlar aktyorda miyaning o‘limini qayd etdi. Aktyorning yaqinlari va prokuratura organlari aktyor a’zolarining ko‘chirib o‘tkazilishiga ruxsat berdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Rafael Shumaxer Italiyaning Teatro Lux teatridagi sahna ko‘rinishida o‘zini osib qo‘ygandan so‘ng, shifoxonaga yetkazilgan edi. Uning halok bo‘lishiga baxtsiz hodisa sabab bo‘lganligi asosiy taxminlardan biridir.
Izoh (0)