AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning turmush o‘rtog‘i, sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton pullik chiqishlar, shu jumladan, Amerikaning yirik korporatsiyalari va banklari oldida qilgan nutqlari hisobidan 2001-yildan hozirga qadar 153 million dollardan ziyod daromad topdi. Bu haqda CNN telekompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
14 yil davomida Klinton oilasi jami 729 marotaba chiqish qilib, ularning har bir chiqishi o‘rtacha 210,8 ming dollarga baholangan.
Ma’lum qilinishicha, er-xotin Goldman Sachs va UBS kabi banklarning xodimlari uchun o‘qigan 39 ta nutqi uchun 7,7 million dollar miqdorida gonorar olgan. Xususan, Hillari Klinton sakkizta shu kabi nutqi uchun 1,8 million dollar daromad topgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzodlar orasida favorit hisoblangan Hillari Klinton o‘zi tez-tez keskin tanqid qiladigan yirik moliyaviy kompaniyalardan kattagina mablag‘lar olganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)