Iroqning Erbil shahrida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in Capitol mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Gubernator Navzad Xadiyning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlardan 14 nafari mahalliy aholi vakili bo‘lmagan. Ularning fuqaroligi hozircha noma’lum.Hukumat yong‘inning yuzaga kelish sabablarini ma’lum qilmadi. Biroq, Xadiyning so‘zlariga qaraganda, unga qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Mehmonxona menejerining ma’lum qilishicha, yong‘in massaj saloniga qo‘shni xonada yuzaga kelgan. Uning so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlar orasida filippinliklar ham bor.
Izoh (0)