Nyu-York shahrida turar-joy majmualaridan birida patrulda bo‘lgan ikki nafar politsiyachiga qarata o‘q uzgan noma’lum shaxs o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bronks tumanidagi aholi turar-joy binosining oltinchi qavatida politsiyachilar ikki nafar erkakka duch kelgan. Ulardan biri politsiyachilarga qarata o‘t ochgan. Shundan so‘ng jinoyatchi yettinchi qavatdagi xonadonga yashiringan.
Yordamga yetib kelgan politsiyachilar xonadonga kirganda, o‘t ochgan shaxsning o‘z joniga qasd qilganligi aniqlandi. Uning patrul xodimlariga qarshi tajovuz ko‘rsatganligi sabablari noma’lumligicha qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, shu kuni megapolis aholisiga har yilgi murojaati bilan chiqish qilgan Nyu-York meri Bill de Blazio yaralangan politsiyachi yotqizilgan shifoxonaga tashrif buyurgan.
Izoh (0)