Moskva shahrining markazida yashovchi fuqaro uyiga mol-mulkini ro‘yxatga olish uchun kelgan sud ijrochilariga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.
Otishma oqibatida undiruvchi vakili halok bo‘ldi, yana bir kishi yaralandi.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar qurollangan gumonlanuvchini qo‘lga oldi. “Qotillik” va “O‘qotar quroldan qonunga xilof ravishda foydalanish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)