Aktyor Ben Stiller “Namunali erkak 2” komediyasining Londonda bo‘lib o‘tgan premyerasida foydalangan selfi tayog‘i Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Telegraph xabar qilmoqda.
Stillerning selfi tayog‘i 8,5 metr uzunlikda bo‘lib, uning yordamida aktyor tadbirga taklif qilingan yulduzlar bilan birga suratga tushdi.
Taqdimotda ishtirok etgan Ginnes Kitobining vakili Stillerga qayd etilgan rekordni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berdi.
Premyerasi 2016-yil 12-fevralda bo‘lib o‘tadigan film bir modelning qiyin sarguzashtlari haqida bayon qiladi. Mazkur filmda Jastin Biber, Ouen Uilson, Penelopa Krus, Kanye Uest, Kim Kardashyan, Naomi Kempbell va Kara Delevin kabi yulduzlar suratga tushgan.
Izoh (0)