Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi umumyevropa hamkorligi departamentining direktori Andrey Kelin, AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini kuchaytirish haqidagi rejalariga javoban Rossiya “kompensatsiyalovchi choralar” ko‘rish niyatida ekanligini bayon qildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
“Buning uchun simmetrik javob kerak emas, men bunga aminman. Qolaversa, amerikalik sheriklar buning uchun juda katta mablag‘ sarflab kelib, kelgusi yilda shu maqsadda bundan to‘rt barobar ko‘proq sarmoya kiritmoqchi. Tabiiy harbiy-strategik muvozanatni saqlab qolish maqsadida ‘kompensatsiyalovchi chora-tadbir’ ko‘rilmoqda va bundan buyon ham ko‘riladi”, ― dedi rossiyalik diplomat.
Ta’kidlanishicha, 2016-yil fevral oyining boshida, AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyati Yevropadagi harbiy ishtirokini 2017-yilda kuchaytirish uchun 3,4 milliard dollar miqdorida mablag‘ so‘ragan. Pul mablag‘lari Markaziy va Sharqiy Yevropada joylashtiriladigan og‘ir qurol va zirhli texnika vositalariga sarflanadi.
Izoh (0)