Boliviyaning g‘arbida yo‘l-transport hodisasiga uchragan yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida sakkiz kishi, shu jumladan, o‘n oylik go‘dak halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda ABI agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.
Ma’lum qilinishicha, amaldagi soliq tizimidan norozi bo‘lib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan transport kompaniyalarining namoyishi tufayli, avtobus haydovchisi doimiy yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
YTH Potosi va Oruro departamentlari orasidagi shosseda yuz bergan.
Izoh (0)