Hindistonda mamlakatning onalar va bolalar masalalari bo‘yicha vaziri Maneka Gandi homiladorlikning ilk bosqichidanoq hali tug‘ilmagan bolalarning jinsini aniqlash majburiy jarayonini joriy etishni taklif qildi. Bu noqonuniy abortlar doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi The Tribune Express.
Bundan tashqari, boshqarma rahbarining fikricha, homiladorlik qanday kechayotganligini nazorat qilish uchun onani darhol hisobga qo‘yish lozim.
“Men amaldagi siyosatni o‘zgartirish kerakdir deb o‘yladim. Ona bo‘lishi kutilayotgan har bir ayol u kimni – o‘g‘il yoki qizni dunyoga keltirishini bilishi kerak”, — deydi Gandi.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilot vakillari esa Gandining taklifi teskari natijaga olib keladi, deb hisoblamoqda. Qishloqlarda yashovchi ayollarning qarindoshlari ularni istalmagan qiz farzandlardan qutulishga majburlashi mumkin.
Hozirda, Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, qiz farzand kutayotgan ayollar yiliga 700 mingta abort qiladi.
Izoh (0)