Chevrolet kompaniyasi Rossiyada Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamasining yangi tayanch bazasi uchun buyurtmalarni qabul qila boshladi, deb yozadi Motor. LE deb nom olgan komplektatsiya 2 990 000 rubl (38 500 dollar)ga baholandi, bu LT versiyasiga nisbatan 160 ming rublga arzonroqdir.
LE versiyasi 409 ot kuchiga teng 6,2 litrli V8 dvigateli va olti pog‘onali “avtomat” bilan taklif qilinadi. Old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, navigatsiya tizimi, lyuk va ikkinchi qator yo‘lovchilari uchun multimedia tizimi qo‘shimcha ekranlarini jizohlar ro‘yxatidan o‘chirish hisobiga mashina arzonlashdi.
Standart jihozlar ro‘yxatiga uch hududli iqlim nazorati, charm o‘rindiqlar, ko‘rinmaydigan hududlarni kuzatish tizimi, Bose audiotizimi, 8 dyuym ekranli ko‘ngilochar majmua va boshqalar kirdi.