AQSh huquq-tartibot idoralari tomonidan Kaliforniya shtati, Santa-Ane shahridagi qat’iy tartibli qamoqxonadan qochib ketgan ikki nafar xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda Orinj okrugining sherifi Sandra Xatchens bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Xatchensning ma’lum qilishicha, 37 yoshli Husayn Noyeriy va 20 yoshli Jonatan Tiu qamoqxonadan qochib ketgandan keyin bir hafta o‘tgach, San-Fransisko politsiya departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.Ta’kidlanishicha, jinoyatchilar Los-Anjelesda o‘g‘irlangan oq rangli kichik yuk tashish avtomashinasida harakatlanib yurgan va ushbu furgon keyinchalk qidiruvga berilgan.
Jinoyatchilarni ushlashda San-Fransiskoda yashovchi bir ayolning hushyorligi yordam berdi. Ayol shubhali avtomashinani ko‘rib qolib, politsiyaga xabar bergan. Ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetib kelgan politsiya xodimlari furgonning ichida yashirinayotgan jinoyatchilarni qo‘lga oldi. Xatchensning ma’lum qilishicha, jinoyatchilarning biri qochishga harakat qilib ko‘rgan, lekin uzoq davom etmagan quvishdan keyin taslim bo‘lgan. Ikkinchi jinoyatchi esa qarshilik ko‘rsatmagan.
Ular bilan birgalikda qamoqdan qochgan 43 yoshli Bak Duong 29-yanvar, juma kuni politsiyaga o‘z xohishi bilan tasim bo‘lgan.
Izoh (0)