Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amerikalik hamkasbi Jon Kerri bilan telefon orqali suhbatlashdi. Unda tomonlar Oq uyning Rossiya rahbariyatiga nisbatan bildirgan ayblovlarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
TIVning aniqlik kiritishicha, Lavrov oxirgi kunlarda Barak Obama ma’muriyatining yuqori mansabdorlari tomonidan Rossiya rahbariyatiga nisbatan o‘ylab chiqarilgan va beandisha ayblovlari yuzasidan norozilik bildirgan.
“Ikki tomonlama ishlardagi keskinlikni maqsadli ravishda kuchaytirish uchun faqat Vashington aybdor bo‘lishi ta’kidlandi”, — deyiladi TIV xabarida.
Lavrov va Kerri, shuningdek, Suriya masalasini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning Vladimir Putinga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq ayblovlarini haqoratli deb atagan edi.
Izoh (0)