Dunyodagi eng yirik aviakompaniyaning 2015-yil to‘rtinchi chorakdagi sof daromadi 1,3 milliard dollarga yetib (bitta aksiya qiymati 2 dollar), bu daromad soliq to‘lovlari amalga oshirilgunga qadar rekord darajadagi 3,28 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
2014-yil shu davr ichida, American Airlines aviakompaniyasining daromadi 1,1 milliard dollarni (bitta aksiya uchun 1,52 dollar) tashkil qilgan edi.
2015-yil davomida kompaniyaning umumiy daromadi 6,3 milliard dollarga (soliq to‘lovlari bilan 7,6 milliard dollar) yetdi. Bu daromad American Airlines faoliyati tarixidagi rekord ko‘rsatkich ekanligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)