Dunyo bo‘yicha samolyotlar avariyalarini kuzatib boruvchi The Aviation Safety Network (ASN) resursining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil aviatsiya tarixidagi eng xavfsiz yil bo‘ldi.
ASN’ning ma’lum qilishicha, 2015-yilda dunyo bo‘yicha 34 millionta reys amalga oshirilgan. Ulardan 16 tasida texnik nosozlik, ob-havo sharoitlari yoki ekipaj xatosi tufayli halokatlar yuz bergan. Boshqacha aytganda, besh millionga yaqin parvozdan ikkitasi halokatli bo‘lgan. Manbaning aniqlik kiritishicha, bu aviatsiya tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Shu bilan bir paytda, ASN o‘z statistikasida havo kemalarining teraktlar va qasddan harakatlar natijasida yuz bergan halokatlarini hisobga olmagan. 2015-yil statistikasiga 24-martda Fransiya janubidagi Alplarda yuz bergan Germanwings A320 samolyotining halokati kiritilmagan. Shuningdek, unda qayd etilmagan ikkinchi holat 31-oktabr kuni Sinayda halokatga uchragan Airbus A321 samolyoti bilan bog‘liq hodisadir.
Izoh (0)