Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida uch nafar bolaning issiq suv to‘ldirilgan quduqda halok bo‘lganligi munosabati bilan motam e’lon qilindi. Bu haqda hudud rasmiylari bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, fojia 28-yanvar, payshanba kuni sodir bo‘lgan. Uch nafar sakkiz yoshli o‘g‘il bolaning jasadi 1-sonli o‘rta maktabga yaqin bo‘lgan joydagi issiq suv uzatish qudug‘ining ichidan topilgan. Bolalarning o‘limi tufayli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, “Kamchatskenergo” jamiyatida fojia tafsilotlariga aniqlik kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi.
Tergovning ta’kidlashicha, bolalar maktabdan uyga qaytayotib, chuqurligi taxminan 2,5 metr bo‘lgan, qaynoq suv to‘ldirilgan issiqlik kamerasiga tushib ketgan. Ayni vaqtda, sodir bo‘lgan voqeaga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)