Qozog‘iston rahbari neft qiymatining tushib ketishi bilan bog‘liq o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Tengrinews xabar qilmoqda.
“Agar eslab ko‘radigan bo‘lsak, 1998-yilda bir barrel neftning qiymati 8,5 dollar edi. Keyingi o‘n yil davomida bir barrel neftning qiymati 130 dollargacha o‘sdi. Navbatdagi o‘n yillikda yana narx-navoning tushishi kuzatilmoqda va u taxminan eng past ko‘rsatkichlarga yetdi. Biz olti oydan buyon bir barrel neftning qiymati 30 dollar bo‘lgan sharoitda hech bir oqibatsiz yashab kelayotganimizni eslash lozim. Shuning uchun, biz bu ahvolni yengib o‘tamiz va bunga moslashish kerak. Chunki, o‘ylashimcha, bu holat uzoq davom etadi. Balki, shunday bo‘lgani yaxshidir”, ― dedi Nazarboyev.
Prezident 2018-yilgacha ichki bozorning ehtiyojini mahalliy neft mahsuloti bilan to‘liq qondirishga erishish lozimligi haqida topshiriq berdi. Uning ta’kidlashicha, neft va gaz bozorini liberallashtirish va neftni qayta ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga savdo-sotiq funksiyalarini qaytarib berish lozim.
Qozog‘istonning Ostona shahrida prezident Nazarboyev boshchiligida “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XVII majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis davomida partiyaning saylovoldi rejasi hamda Majlis deputatligiga taklif etilgan nomzodlar ro‘yxatining e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)