Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish federal xizmati ma’lumotlar bazasidan Rossiya Federatsiyasining prezidenti Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila Aleksandrovna Ocheretnayaga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirib tashladi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
“Sobesednik” nashrining ta’kidlashicha, avval uning Peterburgdagi kvartirasi haqidagi ko‘chirmada tug‘ilgan sanasi, tug‘ilgan joyi va shaxsiy hisob varag‘ining sug‘urta raqami ko‘rsatilgan bo‘lgan. Endi esa faqat ism, sharif va otasining ismi qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli Lyudmila Putina Shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish markazi rahbari — 37 yoshli Artur Ocheretniyga turmushga chiqqani, shu sababli familiyasini o‘zgartirgani haqida 25-yanvar kuni xabar berilgan edi.
Izoh (0)