Avstraliyaning janubi-sharqida yengil motorli samolyotning chil-parchin bo‘lishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 3AW radiostansiyasi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, samolyot Viktoriya shtatidagi Barvon-Xeds aholi punkti yaqinida dengizga qulab tushgan. Sohilbo‘yi xavfsizlik xizmatining ikkita qayig‘i va tibbiy vertolyotlar halokat joyiga yuborildi.
Qurbonlar soni hozircha rasman tasdiqlanmadi.
Izoh (0)