Ukrainaning Lvov viloyatida A(N1H1) cho‘chqa grippidan olti nafar bemor halok bo‘ldi. Bu haqda Viloyat ma’muriyatining sog‘liq departamenti matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Bu ko‘rsatkich hududda epidemiya mavsumi boshlangandan buyon qayd etildi. Halok bo‘lganlardan to‘rt nafari Lvovda, yana bir kishidan Chervonograd va Skolyevskiy tumanlarida qayd etilgan.
Cho‘chqa grippi viloyat aholisining 49 nafarida aniqlangan, gripp va o‘tkir respirator kasallik bilan jami 175 065 kishi betob bo‘lgan.
Bemorlar sonining o‘sishi sutkasiga 53 foizni tashkil etmoqda, oxirgi kun davomida kasallik 5734 kishida qayd etilgan. Ulardan 173 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.
Izoh (0)