Gretsiya sohillari yaqinida qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida aksariyati bolalar bo‘lgan 11 nafar muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Samos oroli yaqinida sodir bo‘ldi. Qurbonlar orasida yetti nafar bola bo‘lgan. Yana 10 kishi qutqarildi.
Qutqaruv ishlarida Gretsiya sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati xodimlari va Frontex Yevropa chegara agentligi ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiyaning Kos oroli yaqinida muhojirlar tushgan qayiq halokatga uchrashi oqibatida olti kishining halok bo‘lganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)